Samarqandlik oʻttiz nafar nuroniy taqdirlandi
Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan bir guruh faol nuroniylar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Vatanimiz mustaqilligining 29 yilligi arafasida Samarqand viloyatida istiqomat qilayotgan bir guruh faol nuroniylar “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.
Samarqand viloyat hokimi E.Turdimov fidoyi faxriylarni bayram bilan tabriklab, viloyat ijtimoiy-iqtisodiy, madaniy-maʼrfiy hayotida koʻpni koʻrgan nuroniy otaxon va onaxonlarning oʻz munosib oʻrni borligini eʼtirof etdi. Ayniqsa, yoshlar taʼlim tarbiyasida ularning hayot yoʻli, pand-nasihatlari katta ibrat maktabi ekanligini eʼtirof etdi.
Shundan soʻng 30 nafar faxriylarga turli darajadagi “Mehnat faxriysi” koʻkrak nishoni va belgilangan pul mukofotlari topshirildi.
– Bu yil 73 yoshga toʻldim, butun umrim qishloq xoʻjaligi sohasida oʻtdi, – deydi III darajali “Mehnat faxriysi” nishoni sohibi urgutlik Abduzoyir Ziyoyev. – Jamoa xoʻjaligiga ham, keyinchalik fermer xoʻjaligiga ham rahbarlik qildim. Bugun ishimni farzandlarim, nabiralarim davom ettirmoqda. Lekin hamon ularga oʻz tajribalarimni oʻrgatib kelyapman. Bugungi eʼtirofdan boshim osmonga yetdi. Bu biz nuroniylarga gʻayrat bagʻishlaydi.