Samarqandda karantin choralari yumshatilmoqda
Bu haqda bugun ertalab Samarqand viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining yigʻilishida maʼlum qilindi.
Samarqandda 2020-yil 1-iyundan barcha toifadagi hududlarda avtomototransport vositalariga ertalab soat 7.00 dan 10.00 gacha, kechqurun 17.00 dan 20.00 gacha stikersiz, maqsadli harakat qilishga ruxsat berildi.
Bu haqda bugun ertalab Samarqand viloyat epidemiyaga qarshi kurashish favqulodda komissiyasining yigʻilishida maʼlum qilindi.