Samarqandda besh soat ichida 923 ming saylovchi ovoz berishda qatnashdi
Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limida saylov jarayonlarining borishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Xalqaro matbuot markazi Samarqand viloyat bo‘limida saylov jarayonlarining borishiga bag‘ishlangan brifing o‘tkazildi.
Viloyat saylov komissiyasi raisi S.Nurievning ta’kidlashicha, Samarqand viloyatidan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga 16 nafar, xalq deputatlari viloyat Kengashiga 60 nafar, shahar va tumanlar kengashlariga 480 nafar deputat saylanadi.
Siyosiy partiyalar tomonidan viloyat kengashi deputatligiga nomzodi ko‘rsatilgan 6 nafar nomzod, shahar va tumanlar kengashlariga ko‘rsatilgan 36 nafar nomzod o‘z arizasiga binoan nomzodligini qaytarib oldi.
Bugun tongdan viloyatdagi 1052 ta saylov uchastkasida ovoz berish jarayonlari O‘zbekiston Respublikasining Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
Saylov jarayonlarida Samarqand viloyati bo‘yicha jami 2 million 47 ming 353 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Ulardan 200 ming nafarga yaqini saylovda ilk bor ishtirok etayotgan yoshlardir.
Brifingda S.Nuriev soat 13.00 gacha 923 ming nafardan ortiq saylovchi ovoz berganligini ma’lum qildi.
Saylov jarayonlari davom etmoqda.