Samarqandda “Afv” badiiy filmining premeraci bo‘lib o‘tdi
Shu kunlarda barcha hududlarda “Yangi O‘zbekiston – inson qadri ulug‘langan yurt!” shiori ostida keng qamrovli madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, konsert dasturlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida Samarqand shahriga bir guruh san’atkor va ijodkorlar tashrif buyurdi.
U yerda Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan “Afv” badiiy filmining premeraci bo‘lib o‘tdi. Mazkur kinokartina real voqealarga asoslangan bo‘lib, unda turli jinoyatlar bilan qamalgan hamda yurtboshimiz tomonidan afv etilgan shaxslarning hayoti va taqdiri haqida hikoya qilinadi.

Filmda rollarni Matyoqub Matchonov, Behzod Muhammadkarimov, Seydulla Moldaxanov va Hamid Toshpo‘latovlar ijro etgan.

Film ssenariy muallifi Azamat Qorjovov, postanovkachi rejissyor Zilola Jo‘rayeva, operator Ilhom Hamidov, badiiy rahbar Said Muxtorov, prodyuserlar Munojot Hoshimova va Zilola Jo‘rayeva.

Gulnoza Boboyeva, O‘zA