Samarqandda 103 nafar bemorning 40 nafari uyida davolanmoqda
Ularning 1054 nafari kasallikdan toʻliq tuzalgan.
Samarqand viloyatidagi koronavirus kirib kelishi va tarqalishining oldini olish boʻyicha tadbirlarni muvofiqlashtirish hududiy idoralararo shtabining maʼlumotlariga koʻra, bugungi kunda viloyat yuqumli kasalliklar klinik shifoxonasida 40 nafar, XOSPES markazida 95 nafar, SamMI 2-klinikasida 38 nafar, viloyat kardiologiya markazida 160 nafar, “Registon” mehmonxonasida 21 nafar, “Soʻgʻdiyona” mehmonxonasida 114 nafar, “Arba” mehmonxonasida 41 nafar, Nogironlar reabilitatsiya markazida 70 nafar, Kimyogarlar shaharchasidagi vaqtinchalik karantin muassasasida 313 nafar fuqaro umumiy karantin sharoitida saqlanmoqda.
Bundan tashqari Samarqand tumanida 108 nafar, Urgutda 68 nafar, Kattaqoʻrgʻon shahridagi reabilitatsiya markazida 41 nafar, Pastdargʻomda 40 nafar, Nurobodda 37 nafar, Toyloq, Payariq, Jomboy tumanlarida 30 nafardan, Narpayda 25 nafar, Kattaqoʻrgʻon va Oqdaryo tumanlarida 22 nafardan, Ishtixonda 20 nafar, Paxtachida 19 nafar, Qoʻshrabotda 15 nafar, Bulungʻurda 10 nafar fuqaro karantinda qolmoqda.
Hozirgacha viloyatda 1160 nafar fuqaroda “Covid-19” tashxisi rasmiy tasdiqlangan. Ularning 1054 nafari kasallikdan toʻliq tuzalgan. Bemorlarning 40 nafari viloyat yuqumli kasalliklar shifoxonasida, 23 nafari SamMI 2-klinikasida, 40 nafari uy sharoitida davolanmoqda.
6-avgust kuni viloyatdagi ichki ishlar idorlari xodimlari tomonidan karantin qoidalariga rioya qilmagan fuqarolarga nisbatan 432 ta maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtirilgan.