Samarqand viloyati xabarlari – qisqa satrlarda
Samarqandning o‘ziga xos tashrif qog‘oziga aylangan Registon maydonining muzdan ishlangan maketi ayni paytda Xitoyning Xarbin shahridagi 26-qishki muz va qor festivalida namoyish etilmoqda.
Maydoni million kvadrat metr bo‘lgan shaharchani qurish uchun 300 ming kub metr muz va qor sarflangan.

***
Jomboy tumanidagi Shodlik mahallasida ilk bor renovatsiya asosida 5 qavatli, 80 xonadonli yangi uy-joy foydalanishga topshirildi. Bu xonadonlar mazkur hududda o‘tgan asr 70-yillarda qurilgan eski tipdagi, ikki qavatli uyda yashovchi oilalarga berildi. Mahalladagi shu kabi eski uylar o‘rnida ham renovatsiya asosida shunday shinam, barcha qulayliklarga ega zamonaviy uylar quriladi.

***
Samarqand shahar hokimligi va Markaziy harbiy okrug qo‘mondonligi tashabbusi bilan Samarqand gornizoni ma’naviyat va ma’rifat markazida “Xalq va armiya – bir tanu bir jon” shiori ostida "Jadidlar izidan ilm istab" ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.
Tadbirda Mahmudxo‘ja Behbudiyning Turkiston jadidchilik harakati asoschisi sifatida olib borgan keng miqyosdagi faoliyati, ma’rifatparvarlik ishlari haqida so‘z yuritildi. Jadidlar faoliyati haqida hikoya qiluvchi “Qo‘rqma” qisqa metrajli hujjatli filmi namoyish etildi.

***
Samarqand garnizonidagi harbiy qismda “Parij-2024” paraolimpiya o‘yinlari, jahon va Osiyo chempionatlari, xalqaro musobaqalar sovrindorlari va harbiylarning uchrashuvi o‘tkazildi.

Uchrashuvda chempionlar o‘z hayot yo‘li, sportda erishayotgan yutuqlari haqida harbiylarga so‘zlab berdi.
G‘.Hasanov, O‘zA muxbiri