Samarqand viloyati IIB boshligʻi oʻzgardi
Samarqand viloyat Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi Shavkat Rahmonov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan vazifasidan ozod etildi.
Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan Rahmat Mamatov Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi boshligʻi etib tayinlandi.
Rahmat Mamatov 1967-yilda Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida tugʻilgan.
Mehnat faoliyati davomida ichki ishlar idoralarida mas’ul vazifalarda ishlagan. Xorazm, Fargʻona viloyatlari ichki ishlar boshqarmalariga rahbarlik qilgan. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, Navoiy viloyati Xalq qabulxonasi mudiri boʻlgan.
2020-yildan buyon Oʻzbekiston Respublikasi Mahalla va oilani qoʻllab-quvvatlash vaziri lavozimida faoliyat koʻrsatib kelayotgan edi. 

G‘.HASANOV, O‘zA