Samarqand prokurori yoshlar bilan suhbatlashdi
Joriy yilning iyun oyi respublikamizda “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingan.
Joriy yilning iyun oyi respublikamizda “Yoshlar oyligi” deb eʼlon qilingan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati prokurori va barcha tuman, shahar prokurorlari tomonidan yoshlar bilan onlayn rejimida turli xil madaniy-maʼrifiy tadbirlar oʻtkazilmoqda.
Jumladan, viloyat prokurori F.Zufarov ZOOM dasturi platformasida viloyat yoshlari bilan uchrashdi.
Uchrashuvda viloyatning barcha tuman-shaharlaridan 150 dan ortiq yoshlar qatnashdi. Viloyat prokurori yoshlarga oid davlat siyosati yuzasidan maʼlumot berib, oʻzining hayotiy tajribalari va boshqa muhim masalalarga toʻxtaldi. Uchrashuvda 15 dan ortiq takliflar, koʻplab savollar berildi.