Salvador har kuni bittadan bitkoin sotib oladi
Salvador prezidenti Nayib Bukele mamlakat 18 noyabrdan boshlab har kuni bitta bitkoin sotib oladi, deb e’lon qildi.
"Biz ertadan boshlab har kuni bir dona bitkoin sotib olamiz", – deb yozgan Bukele ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Salvador bitkoinni to‘lov vositasi etib qonunlashtirgan dunyodagi birinchi mamlakat hisoblanadi. Shu haqdagi qonun 2021 yil 7 sentyabrda kuchga kirgan edi
Dushanba kuni bitkoin narxi 5 foizga arzonlashib, bittasiga 15,99 ming dollar beriladigan bo‘ldi.
FTX kriptobirjasi kasod bo‘lishi bilan bog‘liq inqiroz sharoitida ham bitkoin narxini 16 ming dollar atrofida ushlab turilishiga harakat qilinmoqda. O‘tgan seshanba kunidan boshlab kriptovalyutaning narxi 20,56 ming dollardan pastlab ketdi va o‘zining 20 foiz qiymatini yo‘qotdi. Kriptobozorning kapitallashuvi esa 1 trillion dollardan 800 milliard dollargacha pastlagan.