Saksovul noqonuniy tarzda olib ketilayotgan ekan
Xorazmda Ekologiya, atrof muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi viloyat boshqarmasi Milliy gvardiya xodimlari bilan hamkorlikda navbatdagi tungi reyd tadbirlarini o‘tkazdi.
Tuproqqal’a tumanida o‘tkazilgan reyd davomida fuqaro A.B. 12,6 metr kub hajmdagi tabiiy holda o‘suvchi saksovul o‘simligini qo‘porib, mashinasida olib ketayotganligi aniqlandi.
Holat yuzasidan A.B.ga nisbatan MJtKning 79-moddasi 2-qismiga asosan ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirildi. Unga ko‘ra, huquqbuzar BHMning 10 barobaridan 20 barobarigacha (3 400 000 – 6 800 000 so‘m) jarimaga tortilishi mumkin.
Qonuniy chora ko‘rish maqsadida Jinoyat ishlari bo‘yicha Tuproqqal’a tuman sudiga yuborish uchun qo‘shimcha hujjatlar tayyorlanmoqda. Fuqaroning mashinasi esa qonuniy chora ko‘rilguniga qadar vaqtincha saqlash uchun jarima maydoniga joylashtirildi.
N.Rahmonova,
O‘zA muxbiri