Saidmuhammedovlar – eng yaxshi kitobxon oila
FOTOREPORTAJ
Kitobxonlikni keng ommalashtirish, aholi o‘rtasida kitob o‘qish madaniyatini shakllantirish maqsadida poytaxtimizning Yakkasaroy tumanidagi oilalar o‘rtasida “Eng yaxshi kitobxon oila” ko‘rik-tanlovi bo‘lib o‘tdi.
Tanlovda hududdan saralangan yettita oila qatnashdi. Ularning kitobxonlik salohiyati “O‘zbek adabiyotining yirik namoyondalari asarlari asosida test”, “Mantiqiy savol-javob”, “Menga yoqqan kitob” shartlari bo‘yicha baholandi.
[gallery-13019]
Kitobxonlik madaniyatini yuksak darajada namoyish etgan Komil Saidmuhammedovlar oilasi eng yaxshi kitobxon oila, deb topildi. Hamidjon Tojirjonovlar oilasi ikkinchi, Dilorom Saidmuhammedovalar oilasi uchinchi o‘ringa sazovor bo‘ldi.
G‘oliblar tashkilotchilar tomonidan diplom va esdalik sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Tadbir doirasida “Yangi O‘zbekiston - kitobxonlar yurti” nomli kitoblar ko‘rgazmasi tashkil etildi.
Nosirjon HAYDAROV(surat),O‘zA