Sahna asaridan foydalanish huquqi
Madaniyat vazirligi va San’atkor, ijodkor va ijrochilarning mualliflik huquqlarini himoya qilish palatasi hamkorligida sahna asarlaridan foydalanishda mualliflik huquqi va turdosh huquqlarga rioya qilish masalalariga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbirda asarlarni sahnalashtirishda ijodkorlar va teatrlarni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, sohada amalga oshirilayotgan islohotlar muhokama qilindi. Shuningdek, sahna asarlaridan foydalanishda mualliflik huquqiga rioya etish, mualliflar va ijrochilar huquqlarini ta’minlash, teatrlarda asarlardan foydalanishda shartnomaviy-huquqiy munosabatlarni yo‘lga qo‘yish, asarlardan ruxsatsiz va boshqa shakllarda foydalanishda kelib chiqadigan huquqbuzarliklarning oldini olish, javobgarlik va nizolarni ko‘rib chiqish tartibi haqida so‘z bordi.


Tadbir ishtirokchilari bilan kelgusida mualliflik huquqiga rioya qilishda hamkorlik yo‘llari va huquqiy yordam ko‘rsatishga kelishib olindi.
Madina Nasriyeva,
O‘zA