"Sadoi Turkiston" — milliy matbuotimiz durdonasi (+video)
Matbuot orqali jamiyatning tafakkurini boshqarish mumkinligini bilgan Turkiston jadidlari “Taraqqiy”, “Shuhrat”, “Oyina”, “Al-Isloh” va shular kabi ko‘plab gazeta-jurnallarni tashkil etishdi.
Bular orasida milliy taraqqiyparvarlarning yirik namoyandalaridan biri Ubaydullaxo‘ja Asadullaxo‘jayev tomonidan ochilgan “Sadoi Turkiston” gazetasi ham bor edi.
Gazetaning ilk soni hijriy hisob bilan 1332 yil jumodul-avval oyining 21-sida (milodiy 1914 yil 4 aprelda) juma kuni chop etilib, uning birinchi sahifasida keltirilishicha obuna bahosi Rusiya fuqarolari (jumladan, turkistonliklar uchun ham) bir yilga 4 so‘m, olti oyga 2 so‘m 50 tiyin, uch oylik 1 so‘m 50 tiyin etib belgilangan. Shuningdek, xorijliklar uchun ham obuna narxlari ko‘rsatilgan: yillik 6 so‘m, olti oylik 3 so‘m 50 tiyin, gazetaning bir nusxasi esa 5 tiyin.
Gazeta o‘z davri uchun ilg‘or g‘oya va fikrlarni olib chiqib, tez orada butun turkistonliklarning sevimli matbuot nashriga aylanadi. Gazetaning muharriri advokat bo‘lgani sababli, mavjud murakkab vaziyatni teran his qilgan holda, “Shaxsiy g‘arazlardan xoli bo‘lgan maktub va maqolalargina gazetada bosilishini” eslatma sifatida belgilab qo‘ygandi.
Batafsil:
<iframe width="640" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/d7s55YBvVtQ" title=""Sadoi Turkiston" — milliy matbuotimiz durdonasi " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Muhayyo Turdaliyeva,
Anvarxo‘ja Ahmedov, O‘zA