Rus mutaxassislari AQSHdan Rossiyaga qaytmoqda
Axborot texnologiyalari sohasidagi rus mutaxassislari AQSHdan Rossiyaga qaytmoqda.
Axborot texnologiyalari sohasidagi rus mutaxassislari AQSHdan Rossiyaga qaytmoqda. TASS xabariga koʻra, bu haqda Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov maʼlum qilgan.
Unga koʻra, “Bu sohadagi malakali mutaxassislar, jumladan, yoshlar Rossiyaga qaytmoqda. Ular Rossiyada ishlaydi va albatta samara ham boʻladi”. Lavrov bunday mutaxassislar oʻz iqtidorini toʻla namoyon etishi uchun munosib sharoitlar yaratishi lozimligini taʼkidlagan.