Ruandada Ebolaga qarshi vaksina sinab ko‘riladi
Ruanda hukumati Ebola bezgagiga qarshi vaksinani sinovdan o‘tkazishga tayyorgarlik ko‘rmoqda, deya xabar tarqatdi “Assoshieyted Press” Uganda virusologiya tadqiqot instituti ijrochi direktori Pontian Kalibu bayonotiga tayanib.
Payshanba kuni Uganda sog‘liqni saqlash bo‘yicha doimiy kotibi vazifasini bajaruvchi Diana Antvin poytaxt Kampalada mazkur virus bilan kasallanganlik holati tasdiqlanganini bildirdi.
– Rasmiylar epidemiyaning oldini olish jarayonida sinov emlash vositasini ishlab chiqarishga tayyorlanmoqda, – deyilgan tegishli hisobotda.
Olimlar hozir tadqiqot bayonnomasini tayyorlayapti. Dastlabki bosqichda 2000 dozadan ortiq vaksinadan foydalanish rejalashtirilgan.
Ta’kidlanishicha, preparat hali litsenziyalanmagan, zarur ruxsatnomani olish harakati tezlashtirilmoqda.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti avvalroq Ebola virusi yangidan tarqalishiga qarshi kurashda yordam berish uchun Ugandaga mutaxassislar yuborilayotganini ma’lum qilgandi.
Ushbu zararkunanda yovvoyi hayvondan yuqadi va keyin odamlar orasida tarqaladi. Xastalikning ilk alomati isitma, mushak uyushishi, bosh og‘rig‘i va tomoq og‘rig‘i bilan namoyon bo‘ladi. Keyin buyrak va jigar faoliyati buzilishi, ayrim hollarda ichki va tashqi qon ketish kuzatiladi.