Rover Perseverance Mars atmosferasidan kislorod olishga muvaffaq bo‘ldi
Perseverance marsoxodi Mars atmosferasidan kislorod olishni uddaladi, deyiladi NASA e’lon qilgan xabarda.
Xabarda aytilishicha, mazkur tajriba 20 aprelda amalga oshirilgan bo‘lib, Moxie tajriba asbobi vositasida kislorod olishga muvaffaq bo‘lingan. NASA mutaxassislarining ta’kidlashicha, bunday qurilmalar bir kun kelib astronavtlarni nafas olishi mumkin bo‘lgan havo bilan ta’minlashi mumkin.
Mars 2020 missiyasiga Perseverance marsoxodi bilan o‘tgan yili iyul oyida start berilgan edi. Fevral oyiga kelib, u Marsga muvaffaqiyatli qo‘ndi. NASA tarixida beshinchisi hisoblangan ushbu apparat Qizil sayyoraning qurilishi va geologiyasini o‘rganish uchun eng zamonaviy asboblar bilan jihozlangan. Missiyaning asosiy vazifasi Mars tuprog‘idan namuna olib kelish.