Rossiyada kasalxona yonib ketdi
Rossiyaning Blagoveensk shahrida kasalxona yonib ketdi. Fojia paytida shifokorlar murakkab operatsiya jarayonida bo‘lgani ma’lum qilindi.
Bu haqda mamlakat favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiy bayonot berdi.Xabarga ko‘ra, elektr nosozligi sabab yong‘in kelib chiqqan.
Ta’kidlash kerak, voqea joyiga 59 nafar o‘t o‘chiruvchi jalb qilingan.
Binodan xodimlar va bemorlar darhol evakuatsiya qilindi. Ammo sakkiz kishidan iborat shifokorlar guruhi tomonidan yurak operatsiyasi o‘tkazilayotgan edi.
Yong‘in va qutqaruv bo‘linmalari jarrohlik xonasiga tutun kirmasligi uchun barcha imkoniyatlarni ishga solgan.
Xabarlarga ko‘ra, yong‘in soat 14: 24da o‘chirilib, hech kim jabrlanmagan.
O‘zA