Rossiyada ayrim parvozlar cheklovi uzaydi
“Anadolu” axborot agentligi xabariga ko‘ra, Rossiyaning 11 aeroportida parvozni vaqtincha cheklash iartibi 2022 yil 28 oktyabr Moskva vaqti bilan 03:45 gacha uzaytirildi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi havo transporti federal agentligi matbuot xizmati ma’lum qilgan.
Ma’lum bo‘lishicha, Anapa, Belgorod, Bryansk, Voronej, Gelenjik, Krasnodar, Kursk, Lipetsk, Rostov-Don, Simferopol va Elista aeroportlariga parvozlar vaqtincha cheklangan.
Rossiya aviakompaniyalariga Sochi, Volgograd, Mineralniye Vodi, Stavropol va Moskva aeroportlaridan foydalangan holda muqobil yo‘nalishlarda yo‘lovchi tashishni tashkil etish tavsiya etilgan.
Mamlakatning qolgan aeroportlari odatdagi rejimda ishlamoqda.
O‘zA