Rossiya va NATO muzokara o‘tkazadi
12 yanvar kuni Bryusselda tashkil etilishi rejalashtirilgan Rossiya - NATO kengashi yig‘ilishi mahalliy vaqt bilan ertalab soat 10 da boshlanadi. Bo‘lajak muzokara tafsiloti haqida “RIA Novosti” xabar berdi.
Ta’kidlanishicha, uch soatga yaqin davom etadigan uchrashuv yakuni bo‘yicha NATO Bosh kotibi Yens Stoltenberg matbuot anjumani o‘tkazadi.
Avvalroq Rossiya tomonidan NATO bilan muzokara davomida Rossiya Tashqi ishlar va Mudofaa vazirliklari idoralararo delegatsiyasi ishtirok etishi xabar qilingan edi. Stoltenberg muzokaraning asosiy mavzusi Yevropa xavfsizligi masalasi bo‘lishini qayd etdi.
Shuningdek, AQSH Davlat departamenti 31 dekabr kuni NATO vakillari Ukraina bo‘yicha Rossiya bilan mazmunli muloqot boshlashga tayyorligini ma’lum qilgan edi.