Rossiya Tojikistonga beshta maktab qurib beradi
Moskva Tojikistonda rejalashtirilayotgan beshta maktab qurilishi iyun oyidan boshlanishiga umid bildiradi. Mazkur maktablarda mashg‘ulotlar Rossiya ta’lim standartlari bo‘yicha olib boriladi, dedi Rossiya tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov.
"Beshta maktab qurish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda, ularda mashg‘ulotlar Rossiya ta’lim standartlari bo‘yicha tashkil etiladi. Umid qilamizki, kelasi oyda maktablarga poydevor qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tadi, mashg‘ulotlar esa 2022 yilning 1 sentyabridan boshlanadi", — dedi Lavrov tojikistonlik hamkasbi bilan Dushanbeda olib borgan muzokaralar yakuni bo‘yicha bergan ma’lumotida.