Rossiya Qozog‘istonga qiruvchi samolyot yetkazib beradi
2022 yilda Rossiya Qozog‘istonga yana to‘rtta «Su-30SM» qiruvchi samolyotini yetkazib beradi. REGNUM bu haqda Rossiya harbiy-texnik hamkorlik bo‘yicha Federal xizmat rahbari Dmitriy Shugayev ma’lumotiga tayanib xabar bermoqda.
«Shu paytgacha 20 ta samolyot yetkazib berganmiz. Shartnoma bo‘yicha 2022 yilning oxirigacha yana to‘rtta qiruvchini yetkazamiz», dedi u. Ma’lumot uchun, ikki o‘rinli Su-30SM – ko‘p vazifali, «4+” avlodga mansub qiruvchi hisoblanadi. Bu samolyot suv, havo va quruqlikda jang olib borishga moslashgan.