Rossiya Prezidenti: “Amerika dollariga jiddiy zarba berildi”
Amerika dollarining asosiy zaxira valyutasi sifatidagi ishonchga jiddiy zarba berildi, dedi Rossiya Prezidenti Vladimir Putin.
“RIA Novosti” xabariga ko‘ra, hududlarni qo‘llab-quvvatlashga bag‘ishlangan yig‘ilishda Putin: “Butun global iqtisodiyot va savdo munosabatlariga, Amerika dollarining dunyo bo‘ylab asosiy zaxira valyutasi sifatidagi ishonchga jiddiy zarba berildi”, deb ta’kidlagan.
Rossiya rahbarining aytishicha, G‘arbning o‘zi “dunyoviy inflyatsiya spiralini” harakatga tushirib yubordi, bu esa, qashshoqlik darajasining oshishi va qochoqlarning ko‘payishiga olib keldi. Avvalroq Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov G‘arb davlatlari Rossiya oltin zaxiralarining deyarli yarmi, ya’ni taxminan 300 milliard dollar harakatdan to‘xtatib qo‘yganini ma’lum qilgandi.