Ronald Kuman Memfis Depay uchun yakuniy qaydnomani e’lon qilishni kechiktirishga tayyor
Avvalroq, "Korintians" sharafini himoya qilayotgan futbolchining jarohat sabab turnirni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi.
Niderlandiya terma jamoasi ustozi Ronald Kuman Memfis Depayning sog‘ayishini kutmoqda.
Ronald Kuman terma jamoa yetakchilaridan biri sanaladigan Memfis Depayning jahon chempionati startigacha sog‘ayib safga qaytishidan umid qilmoqda. Avvalroq, "Korintians" sharafini himoya qilayotgan futbolchining jarohat sabab turnirni o‘tkazib yuborishi mumkinligi aytilgan edi. Ma’lumotlarga ko‘ra, Kuman Depay tufayli yakuniy qaydnomani e’lon qilishni ham kechiktirishga tayyor. Biroq 32 yoshli hujumchining so‘nggi muddatgacha tiklanishi noma’lum. Eslatib o‘tamiz, barcha terma jamoalar may oyi yakuniga qadar qaydnomalarini e’lon qilishi shart.
Memfis Depay Niderlandiya terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi. U "uchar gollandlar" libosida 55ta gol urishning uddasidan chiqqan.