Romitanliklar amalga oshirilayotgan islohotlarni his qilib yashamoqda
Islohot va samara
“Islohot – islohot uchun emas, avvalo inson uchun” degan g‘oya asosida xalqimizga xos bo‘lgan “Inson qadri baland davlatda islohotlarni to‘xtatib bo‘lmaydi” shiori ostida Yangi O‘zbekiston o‘z islohotlarini amalga oshirmoqda.
2017-2021 yillardagi islohotlar natijasida birgina Buxoro viloyati Romitan tumanining yutuqlarida dehqon va fermerlar, qishloq xo‘jaligida, iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatayotgan millionlab mehnatkash insonlarning mehnati mujassam.
– Tumanda 2017 yilda 414 ta fermer xo‘jaligi tomonidan 6 ming 380 gektar maydonga don ekilib, 21 ming 537 tonna g‘alla yetishtirilgan, – deydi Romitan tumani hokimi Xurshid Tohirov. – Joriy yilda jami 513 ta fermer xo‘jaligi va 2 ta klaster paxta to‘qimachilik (BCT Agrokompleks va WBM Romitex), 1 ta pillachilik (Romstar QK) va 1 ta “Gold Buxara” MCHJ uzumchilik klasteri qishloq xo‘jaligi maxsulotlari yetishtirish bo‘yicha faoliyat ko‘rsatib kelmoqda.
Tumanda 3 ming 505 ipak qurti parvarish qilindi. Davlatga 200 tonnadan ortiq pilla mahsuloti yetishtirildi va shartnoma rejasi ortig‘i bilan uddalandi.
Shuningdek, 2021 yil g‘alladan bo‘shagan maydonlarga rejadagi 5 ming 54 gektar maydonga takroriy ekinlar ekildi. Aholi bandligini ta’minlash uchun 10 ming 63 nafar “Temir”, “Yoshlar” va “Ayollar” daftaridagi fuqarolarga 25 sotixdan jami 4 ming 252 ga yer maydoni ajratib berildi. Ushbu yer maydonida fermer xo‘jaliklari va klaster korxonalari tomonidan bozorbop, eksportbop ekinlar ekilishi ta’minlandi.
Shu bilan bir qatorda, eksport salohiyatini oshirish va yilning 4 mavsumida ham bir maromda sabzavot yetishtirish maqsadida, 250 gektar maydonda zamonaviy issiqxonalar tashkil etilgan bo‘lib, joriy yilda qo‘shimcha 70 gektar maydonga zamonaviy issiqxona qurib ishga tushirish rejalashtirilgan.
Tumanda 227 ta ko‘p tarmoqli fermer xo‘jaligi mavjud bo‘lib, hozirda ular samarali faoliyat yuritmoqda.
Qator iqtisodiy islohotlar natijasida tumanning barcha ko‘rsatkichlarida juda katta o‘sish bo‘lganini kuzatish mumkin. Jumladan, 2017 yilda tumanda 135 ming 149 nafar aholi bo‘lib, shundan iqtisodiy faol aholi 62 ming 580 nafarni tashkil etgan. 2021 yil 1 yanvar holatiga ko‘ra 143 ming 25 nafar aholi bo‘lib, mehnatga layoqatli aholi 79 ming 404 nafarni, iqtisodiy faol aholi 65 ming 997 nafarni tashkil etadi.
2017 yilda 617 ta loyihani ishga tushirish orqali 4 ming 894 ta yangi ish o‘rni yaratilgan. 2021 yil 1 yanvar holatida 1 ming 556 ta loyihani ishga tushirish, aholini tadbirkorlikka jalb qilish orqali 9 ming 117 nafar ishsiz fuqaroning banligi taminlandi. Korxonalar soni 2017 yilda 128 ta bo‘lsa, 2021 yilga kelib 303 taga yetdi.
Har bir xalqning taraqqiyot mezoni shubhasiz uning ta’limga bo‘lgan e’tibori bilan belgilanadi.
Bu borada maktabgacha ta’lim sohasida boshlangan o‘zgarishlar maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalar qamrovini 17 foizdan 75 foizga yetkazish, tumanda davlat xususiy sherikchilik asosida tashkil etilgan maktabgacha ta’lim tashkilotlari sabab qo‘shimcha 5 mingdan ziyod bolaning ilk ta’limini bog‘chada olish imkoniyati yaratildi.
Ta’lim sohasida olib borilayotgan ishlar sarhisob qilinganda, maktab bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichi past. Ya’ni o‘tgan o‘quv yilida 1 ming 831 nafar bitiruvchidan 400 nafari yoki 22 foizi oliy ta’limga o‘qishga kirgan.
Joriy yilda tumanda 2 ta umumta’lim maktabi – ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga, xususan, 1-son umumta’lim maktabi ingliz tiliga, 7-son umumta’lim maktabi – matematikaga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktablariga aylantirildi.
O‘tgan yillar davomida aholini sog‘lom turmush tarziga o‘rgatish, ular bilan tibbiy profilaktik ishlarni rivojlantirish masalalari ham davlatimiz rahbarining diqqat markazida bo‘lib turibdi.
[gallery-4116]
Tibbiy patronaj qamrovi 40 foizga o‘sishga erishilib, 6 ta oilaviy poliklinika va 9 ta qishloq vrachlik punkti moddiy texnik bazasi yaxshilandi.
Umuman o‘tgan besh yilda jami 11 ta tibbiyot, 16 ta maktabgacha ta’lim, 24 ta maktab, va 3 ta sport ob’ekti yangidan qurildi, rekonstruksiya va mukammal ta’mirdan chiqarildi.
18 ta mahallada 20 ta “Workout” (mahalla va ko‘cha fitnesi) qurilib yoshlar hamda aholi uchun foydalanishga topshirildi.
bugungi kunda tumanda 4ta bankdagi 130 ga yaqin bank xodimi tuman aholisiga va tadbirkorlik sub’ektlariga moliyaviy va konsalting xizmatlarni ko‘rsatib kelmoqda. Shu bilan birga 9 ta 24/7 rejimda ishlovchi shoxobchalar faoliyati tashkil qilingan.
Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi hisobidan bugungi kunga qadar jami 2 mingdan ortiq aholi va tadbirkorlik sub’ektiga 68,7mlrd. so‘m kreditlar ajratildi.
2 ming 478 ta oila tadbirkorlik yunalishini tanlab, shuncha oila daomad manbaiga ega buldi. Bundan tashkari, 2551 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Xususan, tumanda kichik biznes va tadbirkorlik sub’ektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida 164 ta tadbirkorlik sub’ektiga 17,9 mlrd.so‘m kreditlar ajratildi.
“WBM ROMITEX” MCHJ tomonidan quvvati yiliga 22 ming tonna ip kalava, 22 mln. pgn.m gazlama hamda 22 mln. dona to‘quv-trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasini amalga oshirish natijasida 900 ta yangi ish o‘rni yaratildi.
Paxtachilik va g‘allachilikda zamonaviy boshqaruv tizimida “BCT Cluster Agrokompleksi” MCHJ negizida klaster korxonasi tashkil etildi. Klaster tomonidan jami 38,6 million dollarlik loyiha ishga tushirilib, 2,5 mingga yaqin yangi doimiy ish o‘rni yaratildi.
Romitan, Peshku, Buxoro, Jondor va Kogon tumanlarida tashkil etilgan “Buxoro-agro” erkin iqtisodiy zonasining 250 gektar maydonda qurilgan issiqxonalari ushbu tumanda joylashgan bo‘lib, unda ayni kunda ishsiz bo‘lgan 2,5 ming nafar aholi ish bilan ta’minlandi.
Sanoat ishlab chiqarishi ushbu davrda 14 foizga o‘sdi. Ayniqsa, soha asosiy drayverlari hisoblangan to‘qimachilik, neftegaz va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlari keskin yuksaldi.
Respublikadagi ilk klaster - “VST Cluster” tomonidan qiymati 65 mln. dollarlik loyiha ishga tushirilib, 8 ming gektar maydonda 24 ming tonna paxta xomashyosini yetishtirish va uni to‘liq qayta ishlash yo‘lga qo‘yildi. Ushbu klaster jami 4,5 ming nafar aholini ish bilan ta’minladi.
Tumanda jami maydoni 7,2 gektarga teng bo‘lgan kichik sanoat zonalari tashkil qilindi. Yil oxiriga qadar qiymati 39,1 mlrd.so‘mlik 19 ta loyiha to‘liq ishga tushirildi. 300 dan ortiq qo‘shimcha ish joyi yaratish rejalashtirilgan.
“Obod qishloq” va “Obod mahalla” dasturlari va investitsiya doirasida, joriy yilda tuman aholisining toza ichimlik suvi bilan ta’minlanish darajasi 42 foizdan 60 foizga yetdi.Turizm ob’ektlari soni 34 tani tashkil etib, shundan mehmonxonalar 4 ta, 2 ta uy mehmonxonalari va 2 ta xostel mavjud.
Tumanning bir qismi cho‘l hududi bo‘lganligi sababli hududda ekoturizmni rivojlantirish va shu yo‘nalishda turistik ob’ektlar tashkil etish bo‘yicha imkoniyatlar mavjud.
Turistik xizmatlarning xilma-xilligini oshirish maqsadida 2018-2020 yillar davomida tumanning cho‘l qismida “Safari Vouge” MCHJ tomonidan tashkil etilgan “Bukhara Desert Oasis & Spa” innovatsion turizm klasterida agro-eko bog‘lar va issiqxonalar barpo etilgan bo‘lib, bir vaqtning o‘zida ming nafardan ortiq dam oluvchi va sayyohlarni qabul qilish imkoniyati yaratildi. E’tiborlisi, bu sayyohlik dam olish maskani ishga tushgach yuzdan ortiq yangi ish o‘rni yaratildi.
Tumandagi madaniy meros ob’ektlari soni 26 ta bo‘lib, Xo‘ja Ali Romitaniy va Xo‘ja Boboyi Samosiy ziyoratgohlari to‘liq rekonstruksiya qilingan bo‘lib, samarali foydalanish bo‘yicha 7 pir ziyoratgohlari yo‘nalishida yo‘lbo‘yi infratuzilmasi muntazam rivojlantirib borilmoqda.
Buxoro viloyatining tashrif qog‘ozi hisoblangan “Yetti pir” ziyoratgohlarining ikkitasi Xo‘ja ali Romitaniy va Muhammad Boboyi Samosiy ziyoratgohlari tumanda joylashgan. Ushbu ziyoratgohlar so‘nggi 3 yilda to‘liq qayta ta’mirlanib, ularga olib boradigan yo‘llar rekonstruksiya qilindi. Buning natijasida ushbu qadamjolarni ziyorat qilish imkoniyatlari 2,5 barobarga oshirildi, aholi uchun qulayliklar yaratilib, doimiy transport qatnovlari yo‘lga qo‘yildi.
Zarif Komilov, Tohir Istatov (surat), O‘zA