Reuters: Procter&Gamble Rossiyadan ketishi mumkin
Amerikaning Procter&Gamble (P&G) kompaniyasi sanksiyalar, moliyaviy cheklovlar va yetkazib berishdagi muammolar tufayli Rossiya bozorini tark etishi mumkinligini ma’lum qildi. Reuters agentligi kompaniya vakilining bergan ma’lumotiga tayanib, ushbu xabarni tarqatmoqda.
Kompaniyadagilarning ta’kidlashicha, ushbu qarorni qabul qilishga majbur qilgan asosiy omil Ukrainadagi inqiroz hisoblanadi. Rossiya Qurolli kuchlarining maxsus amaliyoti boshlanmasdan oldin kompaniyaning Rossiya va Ukrainadagi biznesidan ko‘rayotgan daromadi global daromadning 1,5 foizdan 2 foizgachasini tashkil etar edi. O‘tgan oyda P&G Rossiyaga investitsiya qilishni to‘xtatishi va Rossiyaga eksport qilayotgan mahsulotlar ro‘yxatini qisqartirishni rejalashtirayotgani haqida bayonot bergan edi.
Ukrainadagi vaziyat tufayli qator xorijiy kompaniyalar allaqachon Rossiyadagi faoliyatini to‘xtatgan.