Respublikamiz bozorlaridagi narx-navo qanday?
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi narx-navoni oʻrganishda davom etmoqda. 29-may holatiga koʻra zaruriy oziq-ovqat va nooziq-ovqat mahsulotlarning narx-navolari bilan tanishing. Eng arzon va qimmat narxlarda.
Tibbiy niqob - Andijon va Namangan viloyatida 500 soʻmdan, Toshkent shahrida 6 ming soʻm.
Antiseptik gel - Andijonda 700 soʻm boʻlsa, Toshkent viloyatida 20 ming soʻmgacha.
Mahalliy un birinchi navi - Toshkent viloyatida 1700 soʻm, Toshkent shahrida 6 ming soʻmni tashkil etmoqda.
Qolipli non - Qoraqalpogʻiston va Andijon viloyatlarida 1250 soʻm, Navoiy, Namangan, Toshkent viloyatida 2 ming soʻm.
Makaron - Qoraqalpogʻistonda 2500 soʻm, Buxoro viloyatida 19 ming soʻm.
Shakar; Andijon viloyatida 4 ming soʻm, Qashqadaryo, Navoiy, Namangan, Samarqand viloyatlarida va Toshkent shahrida 7 ming soʻm.
Oʻsimlik yogʻi - Namangan viloyatida 8 ming boʻlsa, Buxoroda 14 ming soʻm.
Xoʻjalik sovuni - Fargʻonada 1000 soʻm, Buxoroda 500 soʻm.
Tuxum - Qoraqalpogʻiston va Andijonda 500 soʻm, Toshkent shahrida 1200 soʻm.
Mol goʻshti - Qashqadaryo viloyatida 40 ming soʻm boʻlsa, Toshkent shahrida 70 ming soʻm.
Qoʻy goʻshti - oʻrtacha hisobda Toshkent shahrida 39 mingdan 75 ming soʻmgacha.
Tovuq goʻshti - Andijon viloyatida 11 ming soʻm, Toshkent shahrida 24 ming soʻm.
Guruch - Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida 3 ming soʻmdan, Toshkent shahrida 16 ming soʻmdan.
Kartoshka - Surxondaryo viloyatida ming soʻm, Toshkent viloyatida 6500 soʻm.
Piyoz - Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent viloyatida 4000 ming soʻm.
Sabzi - Surxondaryoda 500 soʻm, Toshkent shahrida 400 soʻmgacha.
Sarimsoq piyoz - Qashqadaryoda 10 ming soʻm, Toshkent viloyatida 80 mingdan sotilgan boʻlsa, Samarqand viloyatida 90 ming soʻmgacha sotilmoqda.
Oʻzbekiston isteʼmolchilar huquqlarini
himoya qilish jamiyatlari federatsiyasi
axborot xizmati