Referendumning dastlabki natijalari e’lon qilindi (+video)
Bugun Markaziy saylov komissiyasi Matbuot markazida MSK raisi ishtirokida brifing bo‘lib o‘tdi. Unda Markaziy saylov komissiyasi raisi Z.Nizomxo‘jayev 30 aprel kuni bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi referendumining dastlabki natijalari bo‘yicha ma’lumot berdi.
Qayd etilganidek, referendumda saylovchilar yagona elektron ro‘yxatiga 19 million 722 ming 809 nafar ovoz beruvchi fuqarolar kiritilgan. Shuningdek, xorijiy mamlakatlardagi 55 ta referendum uchastkalarida 307 ming 895 nafar fuqaro ro‘yxatga olingan. Jami ovoz beruvchilarning 16 million 673 ming 189 nafari yoxud ovoz beruvchilarning 84,54 foizi ovoz berdi. Ularning 90,21 foizi «ha» deb ovoz bergan, 9,35 foizi qarshi ovoz bergan.
<iframe width="560" height="315" src="https://www.youtube.com/embed/s4FPkiiGYrQ" title="YouTube video player" frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" allowfullscreen></iframe>Shunday qilib, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi qabul qilingan deyishga asoslar yetarli ekanligi ta’kidlandi.
O‘tkir Alimov, Doniyor Yoqubov (video), O‘zA