Rapira bo‘yicha mamlakat chempionlari aniqlandi
Poytaxtimizda qilichbozlik bo‘yicha kattalar o‘rtasida o‘tayotgan O‘zbekiston chempionatining rapira bo‘yicha jamoaviy va yakkalik bahslari yakunlandi.
Jamoaviy yo‘nalishining ayollar o‘rtasidagi bellashuvlarida farg‘onalik qilichbozlar oltin medalni qo‘lga kiritgan bo‘lsa, erkaklar o‘rtasida Toshkent bosh jamoasi g‘olib bo‘ldi.
Yakkalik bahslarida esa andijonlik Muhammadyusuf Asranov va toshkentlik Madinabonu Parpiyeva barcha raqiblarini mag‘lubiyatga uchratib, shohsupaning eng yuqori pog‘onasidan joy oldi.
Javohir TOSHXO‘JAEV, O‘zA