Ramazon oyida tashkil etilgan savdo yarmarkalarida narx-navo rostdan ham arzonmi? (+video)
So‘rovnoma
Muborak Ramazon oyida yaxshi amallar yanada ko‘proq qilinadi. Inson qadri, uning huquq va manfaatlari ustuvor bo‘lgan yurtimizda bu muqaddas ayyom ana shunday ezguliklar bilan boshlandi. Aholi farovonligi va tinchligini ta’minlashga alohida e’tibor qilinmoqda.
Prezident topshirig‘i bilan ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash, arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini tashkil etish choralari ko‘rildi.
O‘zA ijodiy jamoasi poytaxtimizdagi “Eski Juva” dehqon bozorida bo‘lib, narx-navo va mahsulotlar sifati bilan tanishdi. Bunday yarmarkalardagi mahsulotlar xaridorlar uchun manzurmi? Shu mazmundagi qisqa so‘rovnoma ham o‘tkazildi.
Maxsus komissiya har kuni bozorlardagi holatni nazorat qilmoqda. Ushbu bozor direktorining birinchi o‘rinbosari Nasrullo Meliqulovning ta’kidlashicha, narxlarni sun’iy oshirishga urinilgan holatlarga nisbatan qat’iy choralar ko‘riladi.
So‘nggi yillarda mamlakatimizda insonparvarlik, o‘zaro ahillik va ijtimoiy himoya tamoyillari yanada mustahkamlanib, ehtiyojmand toifalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ana shu ezgu sa’y-harakatlar tufayli muborak Ramazon oyi xalqimiz uchun nafaqat ibodat, balki bag‘rikenglik va arzonchilik ayyomiga aylanmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Muborak Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida”gi qarori qabul qilingani esa ayni fikrlarimiz tasdig‘idir.
So‘rovnomani YouTube tarmog‘idagi sahifamizda tomosha qiling. Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.
<iframe width="650" height="420" src="https://www.youtube.com/embed/5hgfrFkJu80" title="Ramazon oyida tashkil etilgan savdo yarmarkalarida narx-navo rostdan ham arzonmi? " frameborder="0" allow="accelerometer; autoplay; clipboard-write; encrypted-media; gyroscope; picture-in-picture; web-share" referrerpolicy="strict-origin-when-cross-origin" allowfullscreen></iframe>Behruz XUDOYBERDIEV,
Doniyor YAKUBOV, Salimjon OBIDJONOV (video), O‘zA muxbirlari