Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Olmazor tumanida joylashgan Toshkent davlat tibbiyot universitetida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.
Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi F.Temirov, Toshkent davlat tibbiyot universiteti rektori Sh.Boymurodov ishtirok etgan tadbirda talaba-yoshlarning fikr-mulohazalari, muammo va kelgusi rejalari tinglandi.

Muloqot davomida yoshlarning eng dolzarb masalalari — ta’lim sifati, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlar muammolarini hal etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.
Gulnoza Boboyeva,
O‘zA