Rahbar va yoshlar uchrashuvi
Olmazor tumanida joylashgan Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Olmazor tuman hokimi o‘rinbosari — “Yoshlik” talabalar shaharchasi hokimi F.Temirov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Talabalar va o‘quvchilarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash markazi direktori A.Akramov, Toshkent davlat texnika universiteti ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha bo‘lim boshlig‘i Sh.Suyarov ishtirok etgan uchrashuvda talabalar fikr-mulohazalari tinglanib, ularni qiynayotgan masalalar yuzasidan ochiq va samimiy suhbat olib borildi.

Samimiy muloqot davomida yoshlarning eng dolzarb masalalari — ta’lim sifati, bandlik, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda bo‘sh vaqtni mazmunli tashkil etish masalalari ko‘rib chiqildi. Shuningdek, yoshlar muammolarini hal etish muhokama qilindi.


Talaba-yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha aniq rejalar belgilandi.
G.Boboyeva,
O‘zA