Rahbar kadrlar bilim va malaka oshirmoqda
Andijon davlat universitetida tuman, shahar hokimlarining o‘rinbosarlari, tashkiliy-kadrlar guruhi rahbarlari, milliy kadrlar zaxirasiga kiritilgan nomzodlar uchun o‘quv seminari o‘tkazilmoqda.
Mamlakatimiz taraqqiyotini yanada yuqori bosqichga olib chiqish, amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini oshirishda rahbar qadrlarning o‘rni va roli muhim ahamiyat kasb etadi. Shu ma’noda Prezidentimiz tomonidan boshqaruv kadrlari zimmasiga zamonaviy bilimlarni o‘rganib, ilg‘or tajribalar asosida Yangi O‘zbekistonni barpo etish jarayonida yanada faol ishtirok etish vazifasi yuklatilgan.
Ana shu yo‘nalishdagi ishlar samaradorligini oshirish, rahbar va zaxira kadrlar bilim, malaka va tajribasini boyitish maqsadida o‘tkazilayotgan o‘quv seminari ochilishiga bag‘ishlangan tadbirda so‘z olgan mutasaddilar tomonidan seminarning maqsad-vazifasi, rahbarlar zimmasidagi mas’uliyat va muhim vazifalar xususida gapirdi. Jumladan, joriy yil 20 noyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri nomzodini ko‘rib chiqishga bag‘ishlangan majlisida Prezidentimizning O‘zbekiston taraqqiyotining navbatdagi bosqichida jamiyatimiz, xususan, rahbarlar oldida turgan muhim vazifalar alohida qayd etildi.
[gallery-20823]
Seminar mashg‘ulotlari respublikamizdagi oliy o‘quv yurtlari rektorlari, professor-o‘qituvchilari, tajribali va malakali mutaxassislar tomonidan olib borilmoqda.
Seminar mashg‘ulotlarida ishtirokchilarga faoliyati davomida eng avvalo qaysi masalalarga e’tibor qaratish muhimligi, shuningdek, joylardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolar, ularning yechimi bo‘yicha ko‘riladigan choralar, tadbirkorlikni rivojlantirish, mahallabay ishlash, yoshlar siyosati, aholi bandligini ta’minlash, kambag‘allikni qisqartirish va boshqa qator dasturlar ijrosini samarali ta’minlash yuzasidan bilim, keng tushuncha va ma’lumotlar berilmoqda.
Rahbar kadrlarning bilim, malaka va tajribalarini boyitishga yordam beradigan mazkur seminar yana ikki davom etadi.
F.Ubaydullayev,
Z.Umrzoqov (surat),
O‘zA muxbirlari