Quvada kombaynlar g‘alla o‘rimiga shay
Farg‘ona viloyati Quva tumani dehqonlari bu yil 5 ming 755 gektar maydonda g‘alla yetishtirmoqda. Ayni paytda boshoqlar yetilib, o‘rim boshlanishiga ham sanoqli kunlar qoldi.
Shu kunlarda dalalarga mahalliy o‘g‘it chiqarish bilan bir qatorda joylarda qishloq xo‘jalik texnikalarini mavsumga tayyorlash ishlari qizg‘in pallaga kirgan.
[gallery-7215]
Quva tumanidagi “Mashtexservis” mas’uliyati cheklangan jamiyati parkidagi ustaxonada kombaynlarni va fermerlarga qarashli texnikalarni markazlashgan holda ta’mirdan chiqarish yo‘lga qo‘yilgan. Hozirda bu yerda 19 ta kombayn tumandagi 241 fermer xo‘jaligida g‘alla o‘rimini olib borish uchun tayyorlab qo‘yildi.
Muqimjon QODIROV (surat), O‘zA