Qut-baraka – halol mehnat mevasi
Fargʻonalik Oʻzbekiston Qahramoni Botir Temirov Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1-texnologik sexida uzoq yillar mexanik boʻlib ishlab, nafaqaga chiqqan.
Fargʻonalik Oʻzbekiston Qahramoni Botir Temirov Fargʻona neftni qayta ishlash zavodi 1-texnologik sexida uzoq yillar mexanik boʻlib ishlab, nafaqaga chiqqan. U yashayotgan mahallaning serfayz koʻchalari, bir-biridan koʻrkam uy-joylar shu yerlik aholining munosib hayot kechirayotganidan dalolat beradi.
Ayni paytda Botir akaning tomorqasidagilos, olcha, oʻrik va olxoʻri pishib turibdi, uzum ham yetilish arafasida. Qahramonimizning aytishicha, xonadondagi qut-baraka halol mehnat mevasidir.
Aynan tomorqa dehqonchiligidan olinayotgan daromad bu oilaga maʼmurchilikda yashash imkonini bermoqda. Shuningdek, u xoʻjaligida parrandachilikni va quyon koʻpaytirishni ham yoʻlga qoʻygan.

