Qurilish ob’ektlari prokuratura nazoratida
Jizzax viloyatining Zarbdor tumanidagi maktabgacha va maktab ta’limi muassasalari hamda aholi turar joylarida Prezidentimizning joriy yil 29 apreldagi “Ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish bo‘yicha davlat dasturlarini shakllantirish va amalga oshirish jarayonlarini samarali tashkil etishning qo‘shimcha choralari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar holati yuzasidan seminar bo‘lib o‘tdi.
Viloyat prokuraturasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda sohaning qurilish bo‘yicha mas’ul bo‘lgan barcha shahar va tumanlar prokuror yordamchilari, tumandagi “mahalla yettiligi” va shtab a’zolari ZOOM platformasi orqali Zarbdor tumanida davlat dasturlaridagi qurilishida prokuror nazoratining holati o‘rganildi.

Seminarda, Zarbdor tumanidagi mamlakatimiz Mustaqilligining 33 yilligi arafasida foydalanishga topshirilishi lozim bo‘lgan maktabgacha va maktab ta’limi muassasalarining qurilishida amalga oshirilgan ishlar holati ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, ko‘p qavatli uylar qurilishida nazorat mexanizmini to‘liq ishlatilishini ta’minlash uchun qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida hududiy nazorat inspeksiya xodimlari tomonidan mahsulotlar va bajarilgan ishlarning sifatini tekshirish jarayonlari ko‘rsatilib, aniqlangan holatlar bo‘yicha amalga oshiriladigan chora-tadbirlar, yuzaga kelgan muammolarni bartaraf etish choralari bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Bundan tashqari, tadbir davomida hududlardagi ijtimoiy va ishlab chiqarish ob’ektlaridagi qurilish ishlarining borishi yuzasidan mutasaddilarning axborotlari tinglandi.
A.Qayumov, O‘zA.