Qumqo‘rg‘on tumanida hokim o‘zgardi
Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tumani kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tashkiliy masala ko‘rib chiqildi.
Sessiyada Rahmatullo Gapparov vazifasidan ozod etilib, Normamatov Anvar Mamatovich tuman hokimi etib tasdiqlandi.
Anvar Normamatov 1981 yil 10 martda Angor tumanida tug‘ilgan. 2003 yil O‘zbekiston Respublikasi ichki ishlar vazirligi akademiyasini tugatgan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi huquqshunos.
A.Normamatov 2003-2021 yillarda Surxondaryo viloyati ichki ishlar organlarida turli lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2021 yildan buyon Termiz shahri bo‘yicha ichki ishlar organlari faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Sessiyada Surxondaryo viloyati hokimi To‘ra Bobolov so‘zga chiqdi.
Xolmo‘min MAMATRAYIMOV, O‘zA