Qozog‘istonda vaziyat barqarorlashmoqda
Qozog‘istonning Olmaota shahrida bir necha kun davom etgan norozilik namoyishidan so‘ng hayot asta-sekin me’yoriy holatga qaytmoqda, — deydi mamlakat rasmiylari.
Mahalliy harbiylar ma’lumotiga ko‘ra, jamoat transporti har 20-30 daqiqada o‘z yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanmoqda, yirik bozorlar ochiq.
Shanba kuni shaharning barcha tumanlarida 28 ta supermarket filiali qayta ochilgan, yakshanba kuni yana 49 ta do‘kon ishlay boshladi, — deyiladi rasmiy xabarda.
Telefon operatorlari ham o‘z joyida, shaharda o‘q ovozi eshitilmayapti.
Qozog‘istonning “Xabar-24” telekanali Sog‘liqni saqlash vazirligiga tayanib, mamlakat bo‘ylab 164 ga yaqin odam halok bo‘lganini xabar qildi.
O‘tgan hafta davomida suyultirilgan gaz narxi oshishiga qarshi boshlangan namoyishlar Qozog‘iston bo‘ylab tartibsizlikka aylanib ketgan edi.
Ulug‘bek Mahmirzayev