Qozog‘iston ilk AES uchun nom tanladi
Qozog‘istonda mamlakatning birinchi atom elektr stansiyasiga nom berish bo‘yicha e’lon qilingan umumxalq tanlovi yakunlandi. Maxsus qo‘mitaning yakuniy yig‘ilishi natijasiga ko‘ra, 882 ishtirokchi tomonidan taklif etilgan “Balxash” nomi g‘olib chiqdi.
Hakamlar allaqachon "Balxash” atom elektr stansiyasi va “Balkhash Nuclear Power Plant” atamalarini tasdiqladi.
Demak, Olmaota viloyati Ulken qishlog‘ida barpo etiladigan mazkur strategik ob’ekt mashhur ko‘l nomi bilan ataladi.
S.Rahimov, O‘zA