Qozog‘iston aholisi 19 million kishiga yaqinlashmoqda
Qozog‘istonda 2021 yil aprelgacha aholi soni 18 million 940,4 ming kishini tashkil etgan. Ularning 11 million 204,8 minggi (59,2 foizi) shaharliklar, 7 million 735,6 ming kishi (40,8 foiz) qishloq aholisi ekani qayd etildi.
O‘tgan yilning shu davri bilan taqqoslaganda o‘sish 250,2 ming kishini (1,3 foiz) tashkil etdi, deyiladi "Kazinform" agentligining milliy statistika byurosi bergan ma’lumotga tayanib tarqatgan xabarida.
2020 yilning yanvar-mart oylari bilan solishtirganda bu yil ushbu davr mobaynida respublika aholisining tabiiy o‘sishi 4,6 foizga o‘sib 64,3 ming kishini tashkil etgan.
Berilgan ma’lumotlarga ko‘ra, 2021 yil yanvar-mart oylarida tug‘ilish 100,5 ming kishini tashkil etdi. Bu avvalgi yilning shu davri bilan solishtirganda 8,4 foizga ko‘pdir. Tug‘ilishning umumiy koeffitsiyentiga e’tibor beriladigan bo‘linsa, bunda har 1000 kishiga 21,44 chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda.