Qozog‘istonda o‘zbek derbisi o‘tkaziladi
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Shymkent Open" musobaqasida ikkinchi davra bosqichi uchrashuvlari yakunlandi.
Qozog‘istonning Chimkent shahrida tennis bo‘yicha erkaklar o‘rtasida o‘tayotgan "Shymkent Open" musobaqasida ikkinchi davra bosqichi uchrashuvlari yakunlandi.
Unda tajribali tennischimiz Sanjar Fayziev rossiyalik Artem Dubrivniyni 6:4, 5:7, 6:1 hisobida yengdi. Shuningdek, Humoyun Sultonov chorak final yo‘llanmasi uchun o‘tishi kerak bo‘lgan o‘yinda rossiyalik Yan Bondarevskiyga qarshi kortga chiqishi kerak edi. Biroq mazkur o‘yin oldidan rus tennischisi kortga chiqmasligini e’lon qildi. Shu tariqa Humoyun to‘g‘ridan-to‘g‘ri chorak finalga yo‘l oldi.
Endi musobaqaning chorak finalida ikki hamyurtimiz S.Fayziev va H.Sultonov o‘zaro raqobatlashadi.