Qo‘riqxona ishonchli himoyaga ega bo‘ldi
Mudofaa vazirligi harbiy xizmatchilari bugun Vatan himoyasi yo‘lida qalqon bo‘libgina qolmasdan, aholining ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini o‘rganish, yordamga muhtoj qatlamga amaliy yordam ko‘rsatish, pandemiyaga qarshi kurash kabi ezgu ishlarda ham jonbozlik ko‘rsatayotgani tahsinga loyiq.
Prezidentimizning “Armiya faqat qurol-aslaha bilan emas, ona Vatan uchun jonini ayamaydigan harbiylar bilan qudratlidir” degan so‘zlariga “labbay” deb javob qaytarayotgan harbiylarimizning bu bilan matonati, fidoyiligi va salohiyati yaqqol namoyon bo‘lmoqda.
Sirdaryo viloyatining Sayxunobod tumanida joylashgan va shu kungacha tashlandiq bir ahvolda yotgan “Sayxun” qo‘riqxonasining Mudofaa vazirligiga ishonib topshirilgani ham ayni muddao bo‘ldi.
bugungi kungacha qo‘riqxona tashlandiq ahvolga kelibgina qolmasdan, balki u yerdagi hayvonot va nabotot olami ham yo‘qolib ketish arafasida edi. Hozirda Mudofaa vazirligi tomonidan noyob o‘simliklar va daraxtlarning yangi turlarini o‘tqazish, hayvonot olamini asrash bo‘yicha ishlar boshlab yuborilgan.
Botir SODIQOV,
“Milliy tiklanish” demokratik partiyasi
Mirzo Ulug‘bek tumani kengashi raisi