Qoraqalpoq tarixining ko‘zgusi
Nukus shahridagi Qoraqalpog‘iston Respublikasi tarixi va madaniyati davlat muzeyi 1929 yilda tashkil etilgan.
Dastlab To‘rtko‘l tumanida O‘lkashunoslik muzeyi sifatida ish boshlagan inshoot 1944 yil Nukus shahriga ko‘chirilgan. bugungi kunda muzeyning etnografiya, tabiat, arxeologiya, hunarmandchilik, yangi tarix va fotografiya kabi fondlarida jami 90 mingga yaqin eksponat saqlanmoqda.
2019 yil mamlakatimiz mustaqilligining 28 yillik bayrami arafasida muzey yangi zamonaviy binoga ega bo‘ldi. Muzeyning Ellikqal’a va Mo‘ynoq tumanlarida ham filiallari faoliyat ko‘rsatmoqda.
– Muzeyga tashrif buyurganlar Qoraqalpog‘iston o‘lkasi tarixi, tabiati, hududdagi arxeologik va madaniy esdaliklar, qoraqalpoq xalqining milliy etnografiyasiga oid eksponatlar bilan tanishishlari mumkin, — deydi muzey direktori o‘rinbosari Sanya Boybosinova. – Shuningdek, bu yerda taniqli adib va san’at arboblari, mehnat qahramonlari faoliyatiga doir noyob ashyolar hamda yozma ma’lumotlar mavjud.
[gallery-1759]
Maqsad HABIBULLAEV (surat), O‘zA