“Qora og‘u” savdosi oldi olindi
2022 yil 8 yanvar kuni Davlat xavfsizlik xizmati Samarqand viloyati boshqarmasi tomonidan ichki ishlar idoralari bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda giyohvandlik bilan bog‘liq jinoyat qayd etildi.
Urgut tumanida yashovchi 24 yoshli fuqaro A.M. boshqaruvidagi avtomashina Toyloq tumanida to‘xtatilib, xolislar ishtirokida tekshirilganda, fuqaroning yonida 30 gramm “opiy” narkotik moddasi mavjudligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

A.M. ushbu giyohvandlik vositasini Toyloq tumanida yashovchi, 1988 yilda tug‘ilgan fuqaroga sotishni rejalashtirgani ma’lum bo‘ldi.
Mazkur holat yuzasidan bu fuqarolarga nisbatan tergovga qadar tekshiruv tadbirlari olib borilmoqda.