Qora dengizda Gretsiya tankeri hujumga uchradi
“Anadolu” axborot agentligi xabar berishicha, Rossiya neftini ortgan Gretsiya kompaniyasi tomonidan boshqariladigan “Skiros” tankeri Qora dengizdagi hujumga nishon bo‘ldi.
“Suezmax” sinfiga mansub va qariyb 1 million barrel neft tashish quvvatiga ega bo‘lgan ushbu kema bilan bog‘liq hodisa 16-avgust kuni kechqurun sodir bo‘lgan.
Tankerni boshqaruvchi Afinada joylashgan kompaniya hodisa oqibatida hech kim tan jarohati olmagani va dengiz atrof-muhiti ifloslanmaganini ma’lum qildi.
F.Yaxshiboyeva, O‘zA