Qonunlardagi o‘zgarishlar bo‘yicha o‘quv-seminar
Jizzax viloyati prokuraturasida sud-huquq islohotlari natijasida qonunchilikka yangi kiritilgan normalarni to‘g‘ri qo‘llash, yagona tergov va sud amaliyotini shakllantirish yuzasidan o‘quv-seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminarda tergovda yo‘l qo‘yilayotgan kamchiliklar, xodimlarning noto‘g‘ri xatti-harakatlari, sudlar tomonidan qo‘shimcha protsessual harakatlarni o‘tkazish va oqlov hukmini chiqarishga asos bo‘layotgan holatlar tahliliy va tanqidiy muhokama qilindi.


Ishtirokchilarga joriy yil 30 sentyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga sudlarda ishlarni ko‘rishda prokurorning vakolatlarini ta’minlashga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi hamda 2024 yil 7 oktyabrdagi “Huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga hamda O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi qonunlarning mazmun-mohiyati atroflicha tushuntirilib, ushbu qonunlarning ijrosi yuzasidan kelib chiqadigan vazifalar batafsil aytildi.


Seminar so‘nggida qatnashchilar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javoblar oldi.
A.Qayumov, J.Yorbekov (surat),
O‘zA muxbirlari