Qonunlar targ‘ibotiga bag‘ishlandi
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi o‘rinbosari Tolibjon Madumarov Andijon viloyatida deputatlar, aholi vakillari bilan uchrashuv va muloqotlar o‘tkazmoqda.
Uchrashuvlarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining yigirma to‘rtinchi yalpi majlisida ma’qullangan qonunlar va ko‘rib chiqilgan boshqa macalalar mazmun-mohiyatini keng targ‘ib etish, qarorlar ijrosi hamda murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratilmoqda.
[gallery-6382]
Xususan, Senator tomonidan Andijon viloyati xalq qabulxonasida o‘tkazilgan uchrashuv doirasida o‘n nafardan ziyod fuqaroning murojaati eshitildi. Murojaatlarning aksariyati shu yerning o‘zida hal etildi, hal etilishi ma’lum muddat talab etadigan murojaatlar ijrosini ta’minlash mutasaddi tashkilotlar zimmasiga yuklandi. Shuningdek, ayrim murojaatlar bo‘yicha fuqarolarga huquqiy tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Uchrashuv qatnashchilari o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga senator va boshqa mutasaddilardan batafsil javob oldi.
F.UBAYDULLAEV,
Z. UMRZOQOV (surat), O‘zA