Qonuniy to‘lovlardan qochib...
Bojxona to‘lovlaridan qochish maqsadida tovarlarni yo‘l-yuk kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilmagan holda respublikamiz hududiga turli noqonuniy yo‘llar bilan olib kirilishini oldini olish bo‘yicha bojxona organlari tomonidan bir qator tizimli ishlar olib borilmoqda.
Xususan, Toshkent shahar bojxona boshqarmasi «Toshkent-tovar» bojxona posti xodimlari tomonidan xorijdan keltirilgan 3 dona «ekskavator» maxsus transport vositalari belgilangan tartibda bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi. Bojxona ko‘rigi davomida hujjatlarda «g‘ildirakda harakatlanuvchi ekskavator-yuklagich» deb ko‘rsatilgan maxsus transport vositalari aslida «g‘ildirakda harakatlanuvchi to‘liq burilishli ekskavator» maxsus transport vositalari ekanligi aniqlandi. Natijada, mazkur transport vositalarining TIF TN kodlari ham noto‘g‘ri tasniflanganligi sababli maxsus transport vositalariga 345,6 million so‘m qo‘shimcha bojxona to‘lovlari hisoblandi. Hozirda holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Toshkent shahar bojxona
boshqarmasi Axborot xizmati.