Qonuniy nikoh: afzallik va imtiyozlar qanday?
Urgut tumani "Qoratepa" mahallasida yashovchi J. Amirov va M. Kamoliddinova 15 yildan buyon sha’riy nikoh asosida yashab kelishardi.
Natijada, bu ularning davlat imtiyozlaridan foydalanishlarida qiyinchiliklar tug‘diradi.
Quvonarlisi 1-son FHDYO bo‘limi tomonidan muammo bartaraf etildi. Endilikda oila qonuniy nikohdan o‘tkazildi.
Hozirda oila hukumatning barcha imtiyozlaridan foydalanish imkoniyatiga ega.
Ularning farzandlariga ham tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirib berilgan.
Shuningdek, FHDYO bo‘limlari tomonidan tumandagi mahallalarda tizimli o‘rganish va targ‘ibot tadbirlari o‘tkazib kelinyapti. Jarayonlarda aniqlangan shu kabi muammoli holatlar fuqarolar foydasiga hal qilinib, ularga bepul huquqiy maslahatlar ham berilishi yo‘lga qo‘yilgan.
Shunday tadbirlar doirasida "Kamardon" mahallasidagi 7 nafar lo‘li millatiga mansub bolaga tug‘ilganlik haqidagi guvohnomalar rasmiylashtirildi. Sha’riy nikoh asosida tuzilgan qator oilalarning nikohi qonuniylashtirilib, ularning ijtimoiy himoyaga olinishida amaliy ko‘mak berilmoqda.
Maftuna KARIMOVA, O‘zA