Qoida buzgan haydovchi kechirilmaydi
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligining anjumanlar zalida “Yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash tizimida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar” mavzusida matbuot anjumani tashkil etildi.
Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019-yilning 9 oyida jamoat tartibini saqlash, yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, yoʻl-transport hodisalarining oldini olish borasida bir qator amaliy tadbirlar amalga oshirildi.
Tadbirda respublika hududida yoʻl harakati xavfsizligini taʼminlash, ogʻir oqibatli yoʻl-transport hodisalarining oldini olish, haydovchilik madaniyatini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan maʼlumot berildi.
Taʼkidlanishicha, Ichki ishlar vazirligi Yoʻl harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi va uning hududiy idoralari tomonidan 2019-yilning 9 oyi davomida jami 4 million 607 ming 34 yoʻl harakati qoidabuzarligi, jumladan, 2 million 55 ming 254 qoʻpol qoidabuzarlik, 25 ming 120 nafar mast haydovchi, 252 ming 72 nafar qoidabuzar piyodalar aniqlandi.
Bu davrda 19 ming 436 transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanish, 628 ta monitordan foydalanish yoki oʻzboshimchalik bilan oʻrnatish, 411 ming 79 transport vositasini sugʻurta polisiz boshqarish qoidabuzarliklari aniqlandi.
Shuningdek, 18 ming 422 huquqbuzarga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy hujjatlar tegishli choralar koʻrish uchun sud idoralariga yuborilib, ularning 8 ming 492 nafari (46,1 foizi) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etilgan.
Shu jumladan, 12 ming 778 transport vositasini mast holda boshqargan haydovchiga nisbatan rasmiylashtirilgan maʼmuriy hujjatlar sud idoralariga yuborilib, ularning 8639 nafari (67,6 foiz) transport vositasini boshqarish huquqidan mahrum etildi hamda 795 nafariga maʼmuriy qamoq jazosi tayinlangan. Shu oʻrinda aytib oʻtish lozimki, bu kabi qoidabuzarliklarga qarshi kurash samaradorligini oshirish maqsadida 2018-yil dekabr oyida Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Oliy sudi va Bosh prokuraturasi oʻzining “Transport vositalari haydovchilarining mast holatda ekanligini aniqlash tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qoʻshma qarori imzolangan.
Ushbu qarorga muvofiq tekshiruv ishlari alkotester moslamasi yordamida amalga oshirilmoqda. Alkotester – bu haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bugʻlarini aniqlovchi va tekshiruv natijalarini qogʻozda aks ettiruvchi maxsus texnik vositadir. Tekshiruv chogʻida haydovchi tomonidan havoga chiqarilgan etanol bugʻlari konsentratsiyasi koʻrsatkichi 0,135 milligramm va undan yuqori boʻlgan hollarda DYHX xizmati xodimi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining 131-moddasiga muvofiq maʼmuriy bayonnoma rasmiylashtiriladi hamda transport vositasi vaqtinchalik jarima maydoniga qoʻyiladi.
YHX xizmati xodimlari tomonidan 4212 marotaba korxonalarda transport vositalarining texnik holati yoʻnalishga chiqayotganda tekshiruvdan oʻtkazildi. Bunda 35869 ta transport vositalari tekshirilib, ulardan 2571 tasi texnik nosoz deb topildi va 3065 ta haydovchiga va 588 ta mansabdor shaxslarga nisbatan maʼmuriy choralar koʻrildi.
Umumfoydalanishda boʻlgan avtomobil yoʻllarini, temir yoʻl kesishmalarini, sunʼiy inshootlarni va ichki xoʻjalik yoʻllarini saqlash, transport vositalari va piyodalarning harakatlanish xavfsizligini taʼminlash borasida bir qator chora-tadbirlar amalga oshirildi. Jumladan, avtomobil yoʻllari va shahar koʻchalarida 16070 ta yoʻl belgilari oʻrnatildi, 251 ming 36 ta eskirgan yoʻl belgilari yangisiga almashtirildi.
2019-yil 9 oyda qoidabuzarliklarga nisbatan koʻrilayotgan choralarning samaradorligini oshirish maqsadida jami 3 ming 407 ta sayyor sud majlislari tashkil etildi.
2019-yilning oʻtgan 9 oyi davomida amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida umumiy yoʻl-transport hodisalarini 16,5 foizga (6236 tadan 5207 taga), ularda halok boʻlganlar soni 13,1 foizga (1607 nafardan 1396 nafarga), jarohatlanganlar soni 17,8 foizga (5864 nafardan 4821 nafarga) kamayishiga erishildi.
Shuningdek, bolalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari soni 10,7 foizga (981 tadan 876 taga), haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 18,4 foizga (5594 tadan 4567 taga), mast holdagi haydovchilar aybi bilan sodir etilgan YTHlari 32,6 foizga (135 tadan 91 taga), piyodalar ishtirokidagi yoʻl-transport hodisalari 23,6 foizga (3332 tadan 2544 taga) kamaydi.