Qohirada toʻrt qavatli bino qulab tushdi
“Al-Youm as-Sabia” axborot portali maʼlum qilishicha, Misr poytaxti Kohira shahridagi yirik inshootlardan birida baxtsiz hodisa sodir boʻldi.
“Al-Youm as-Sabia” axborot portali maʼlum qilishicha, Misr poytaxti Kohira shahridagi yirik inshootlardan birida baxtsiz hodisa sodir boʻldi. Vayron boʻlgan uy qoldiqlari ostidan hozirgacha 18 kishi olib chiqilgan.
Fuqaro mudofaasi va favqulodda vaziyatlar xizmati maʼlumotiga koʻra, Qasr-an-Nil koʻchasida joylashgan mazkur uyning yuqori qavatlari qulagan. Toʻrt qavatdan iborat binoning yuqori qismida xonadonlar, birinchi qavatida savdo doʻkonlari, ofislar va valyuta almashtirish shoxobchasi joylashgan.
“Hozir voqea joyi oʻrab olingan, qidiruv ishlari davom etmoqda”, deyiladi xabarda. Inshootga tutash qoʻshni binodan maxsus texnika yordamida qutqaruv ishlari olib borilmoqda.